Shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiylik siyosati
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan
Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Shaxsga oid ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati (keyingi o'rinlarda "Maxfiylik siyosati" yoki "Siyosat" deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi, "Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to'g'risida"gi hamda "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Ushbu siyosat "KEEPING.UZ" axborot tizimida shaxsga oid ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini, har bir shaxsning huquq va erkinliklarini saqlashni belgilaydi.
Maxfiylik siyosatining qo'llanilish sohasi
2.1. Ushbu siyosat "KEEPING.UZ" axborot tizimiga kirish, siyosat kuchga kirishidan yoki keyin olingan barcha shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi va shu ma'lumotlarning yig'ilishi, qayta ishlanishi, saqlanishi, himoyalanishi tartibini belgilaydi.
2.2. "KEEPING.UZ" axborot tizimi operatori shaxsga doir ma'lumotlarning ahamiyatini anglagan holda, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda boshqa davlatlar fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga to'liq rioya etilishini kafolatlaydi.
Atamalar va tariflar
3.1. Shaxsga doir ma'lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga ta'alluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, elektron shaklda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
3.2. Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti — shaxsga doir ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri o'ziga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs.
3.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash — shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, ro'yxatga olish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish kabi harakatlar yig'indisi.
3.4. Ma'lumotlar xavfsizligi — shaxsga doir ma'lumotlarning noqonuniy va (yoki) ruxsatsiz kirish, o'chirish, yo'q qilish, blokirovka qilish, nusxalash, tarqatish hamda boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilinishi.
3.5. Axborot tizimi operatori — "REALSOFT" MChJ.
3.6. Foydalanuvchi — "KEEPING.UZ" axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tuvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Huquqiy asoslar va maqsadlar
4.1. "KEEPING.UZ" axborot tizimida shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni himoya qilish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash qonunchilik talablari asosida, shu jumladan shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish va bajarish, axborot texnologiyalaridan foydalanishni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
4.3. Axborot tizimidan foydalanish jarayonida yuridik shaxslarning vakillari haqidagi ma'lumotlar ham boshqarish, muzokaralar o'tkazish, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qayta ishlanishi mumkin.
4.4. Foydalanuvchi shaxsga doir ma'lumotlarni axborot tizimdagi tegishli shakllar orqali yuborish yoki ommaviy ofertani akseptlashi orqali ushbu maxfiylik siyosatining shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi.
4.5. Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlari o'z ma'lumotlarini taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega.