Shartnoma litsenziyasi — Ommaviy taklif
KEEPING.UZ axborot xizmatidan foydalanish huquqini berish to'g'risida
Umumiy qoidalar
KEEPING.UZ axborot xizmati foydalanish huquqini berish to'g'risida litsenziya — OMMAVIY OFERTA
Toshkent shahri, 2024 yil "23" yanvardagi tahriri
Ushbu litsenziya shartnomasi (keyingi o'rinlarda "Shartnoma" yoki "Oferta" deb yuritiladi) "REALSOFT" MChJ (bundan keyin Litsenziar deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi. Ushbu shartnoma litsenziat tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab foydalanishga ruxsat beriladi.
Ushbu taklif O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq rasmiy taklif hisoblanadi.
Taraflar va kelishuv predmeti
2.1. Ushbu shartnoma "KEEPING.UZ" axborot tizimiga kirish orqali kuchga kiradi. Shartnoma kuchga kirishidan yoki keyin amalga oshirilgan barcha munosabatlarga nisbatan quyida ko'rsatilgan qoidalar, ya'ni ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, saqlash, himoyalash tartibi qo'llaniladi.
2.2. "KEEPING.UZ" axborot tizimi operatori O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda boshqa davlatlar fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga to'liq rioya etilishini kafolatlaydi. Operator ma'lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta'minlash uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko'radi hamda ma'lumotlarni noqonuniy kirish, o'zgartirish, tarqatish yoki o'chirishdan ishonchli saqlaydi.
Atamalar va tariflar
3.1. Shaxsga doir ma'lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga ta'alluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, elektron shaklda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
3.2. Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti — shaxsga doir ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri o'ziga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs.
3.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash — shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, ro'yxatga olish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, shaxsiylashtirish, blokirovka qilish yoki o'chirish kabi harakatlar yig'indisi.
3.4. Ma'lumotlar xavfsizligi — shaxsga doir ma'lumotlarning noqonuniy va (yoki) ruxsatsiz kirish, o'chirish, yo'q qilish, blokirovka qilish, nusxalash, tarqatish hamda boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilinishi.
3.5. Axborot tizimi operatori — "KEEPING.UZ" axborot tizimini ishga tushiradigan va unda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash hamda saqlash uchun javobgar hisoblangan "REALSOFT" MChJ.
3.6. Foydalanuvchi — "KEEPING.UZ" axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tuvchi, undan foydalanuvchi yoki tizimdan foydalanish jarayonida o'z shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etuvchi jismoniy shaxs.
Huquqlar va majburiyatlar
4.1. "KEEPING.UZ" axborot tizimida shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni himoya qilish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonun, "Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to'g'risida"gi qonun, "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonun, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.2. Litsenziar foydalanuvchiga "KEEPING.UZ" axborot tizimidan tanlab olingan tarif rejasi doirasida foydalanish huquqini beradi. Foydalanuvchi belgilangan tarif shartlarini bajarish majburiyatini oladi.
4.3. Axborot tizimidan foydalanish jarayonida yuridik shaxslarning vakillari haqidagi ma'lumotlar ham ularni boshqarish va amalga oshirish, muzokaralar o'tkazish, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qayta ishlanishi mumkin.
4.4. Foydalanuvchi shaxsga doir ma'lumotlarni axborot tizimdagi tegishli shakllar orqali yuborish yoki ommaviy ofertani akseptlashi orqali ushbu shartnoma shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi.
4.5. Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlari o'z ma'lumotlarini taqdim etish to'g'risida mustaqil qaror qabul qiladi hamda o'z hohishi va manfaatlaridan kelib chiqib erkin ravishda rozilik beradi.